depsin
bilan ulashing
1. Depsimoq 1, 3, 4 feʼlining oʻzlik nisbati.
-
U aqldan ozgandek depsinar, yerni mushtlar edi. Yoshlik
-
Uyurni bezovta va
-
sarosimali depsinayotgan aygʻirlar oʻrab turishardi. Yoshlik
-
Shu orada, nima boʻldi-yu, ona kiyik bir depsinib, chopib ketdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
-
Ot boshini qayirib, turgan joyida depsinib qoʻydi. M. Mansurov, Yombi
2. Seskanmoq, choʻchib tushmoq.
-
Yurak depsinib tushar dahshatli har xabardan. Gʻ. Gʻulom
-
Muqaddam depsinib, uygʻonib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
3. koʻchma Qimirlamoq, silkinmoq.
-
Gazlida yer depsinganda, posyolkada nihoyati 13 mingga yaqin aholi yashardi. J. Saʼdullayev, Kamolot yoʻllari
4. koʻchma Tebranib, qaltirab qoʻzgʻalmoq, yurmoq.
-
Mashinalar depsinib, hansirab bormoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Qudratli mashina depsinib qoʻzgʻaldi va yerni shudgorlashni davom ettirdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Qudratli teplovoz qamchi yegan otdek depsindi. Gazetadan
depsin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Depsinib turmoq (yoki qolmoq)
-
Bir joyda depsinib turish — qoloqlikka yuz tutish demakdir. M. Nazarov, Jilvon jilvalari
-
Xatda shunday deyilgan: Afsuski, qurilish ishlari depsinib qoldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
DEPSIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕПСИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DEPSIN so‘ziga berilgan ma’nolar
depsin so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
depsin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar