dol
bilan ulashing
1. folk. 1 Tik, tikka, adil.
-
Dol qomat.
-
Dol boʻyingdan menday momong oʻrgilsin, Er yigit suygani nozli gul boʻlsin. Nigor va Zamon
-
Oy tomosha qilar osmondan Hovlilarni har tun dol turib. U. Qoʻchqor, Hayajonga koʻmilgan dunyo
2. ravish Xuddi, naq, qoq; aniq.
-
Nishonning dol oʻrtasiga urmoq. Ovni otsang, bilib ot, Dol nishonga ilib ot. Maqol
-
Olmakoʻzning [otning]
-
dol beliga minayin, Chiqib, sahrolarda sayr qilayin. Orzigul
3. ravish Bir oz qiyshaytirib, yarimta qilib.
-
Doʻppini dol qoʻymoq. Durrani (roʻmolni) dol oʻramoq.
-
Doʻppini dol qoʻndirib olgan novcha hofiz toʻyxonani boshiga koʻtarib xonish qilyapti. A. Koʻchimov, Halqa
-
Egnida guldor pushti xalat, durrani dol qoʻygan, oyogʻida qizil baxmal shippak. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Kichkina dakana roʻmolini dol qoʻyibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Butun, boricha, baland (tovush haqida).
-
— Ha, adash, topildimi bolalaringiz? — dedi qoʻshnisi Ozodaga, azbaroyi eshitsin debmi yo boshqa niyatdami, ovozini dol qoʻyib. Yoshlik
5. Yongʻoq, danak oʻyinlarida soqqaning gan(kon — maʼlum shaklda tizilgan yongʻoq)ga eng yaqin turgan holati haqida (bunday soqqa egasi birinchi boʻlib otish huquqiga ega boʻladi).
-
— Sen dolmi, men dolmi? —
-
Men dol!
6. sheva Kift, yelka.
Arab alifbosida d harfining nomi (uning shakli — j — mumtoz adabiyotda egilgan qad-qomatga ishora sifatida qoʻllanadi).
-
Alifdek qomating doldek egilmish.
-
Ogʻir mehnat belini dol qilgan. K. Yashin, Hamza
-
Ne-ne tik qadlarni dol etdi qogʻoz. A. Isroilov, Biz — dunyo odamlari
dol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dol boʻlmoq
-
Qaddimiz dol boʻlib, yondi yuraklar. K. Yashin va M. Rahmon, Sirdaryo
-
Goh boʻron oʻkirar, goh boʻralar qor. Chinorlar dosh bermay, beli dol boʻlar. Mirtemir, Asarlar
DOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar