dom
bilan ulashing
1.
-
Bandga tushgan bu koʻngildir, menda, ayting, ne gunoh, Dil qushiga dom qoʻygan ul ikki joduda ayb. E. Vohidov, Muhabbat
-
Zumrad makkorning domiga tushgan edi, chor-nochor boʻyin egdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Qafasdan boʻshadi erk istagan qush, ohu xalos boʻldi yirtqich domidan. Uygʻun, Tong qoʻshigʻi
2. koʻchma Asirlik, tutqunlik.
-
Men u sahro goʻzalining boʻynidagi zulm domini uzib olib tashlamoqqa qodir edim. Oybek, Navoiy
-
Yoʻq, esi-hushi sizda, muhabbatingizning domiga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Birovni ilintirish yoki oʻzining yoʻliga yurgizish uchun qilingan hiyla, nayrang; shu maqsadda qoʻyilgan tuzoq, qop-qon.
-
Ahmoq boʻlmasam, shularning hiylasiga laqqa tusharmidim, Akramning domiga ilinarmidim. O. Yoqubov, Aytsam tilim kuyadi, aytmasam — dilim
-
Erkin-erkin oʻynab yurgan boshqa ohular bu zolim sayyodning domiga tushmasin, deydi. K. Yashin, Hamza
dom soʻzi qatnashgan jumlalar:
domi ham yoʻq, daragi ham yoʻq
-
Oʻshandan beri domi ham yoʻq, daragi ham yoʻq. U. Ismoiliy, Rustam
Dam, ich, ogʻush, quchoq.
-
Boylik botqoqqa oʻxshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir umrga gʻarq boʻlib ketishing turgan gap! F. Musajonov, Himmat
-
Bu urush katta-yu kichikni birdek tashvish domiga tortdi. B. Mahmudov, Dehqonboy hikoyasi
-
Seni ham domiga tortmoq boʻladi Sevgi deb atalgan bu eski sheva. Gʻ. Gʻulom
so‘zlashuv tili Uy, koʻp qavatli uy, bino.
-
Binobarin, har bir domdan oqshyuna foydalanish zarur edi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Yaxshiyam dom-da turamiz dom deganlari jonning rohati ekan. Gazetadan
DOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan DOM so‘ziga berilgan ma’nolar
dom so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar