dolzarb
bilan ulashing
1. ot vzf. Biror ish yoki jarayon eng qizgʻin yoki qistalang boʻlgan payt.
-
Saodatga shunday dolzarbda yaxshilik qilmay, qachon yaxshilik qilasan? I. Rahim, Ixlos
-
Suyak-suyagigacha paxtakor odam bunaqangi dolzarbda daladan jilmaydi. R. Fayziy, Asad libosi
2. sifatdosh Bajarilishi, qilinishi kechiktirib boʻlmaydigan, birinchi galda hal etilishi lozim boʻlgan; oʻta muhim.
-
Dolzarb muammo. Dolzarb masala. Dolzarb vazifa.
-
Abdulla Qahhor adabiyotimizning dolzarb masalalariga behad talabchanlik bilan yondashar edilar. K. Qahhorova, Chorak asr ham nafas
-
Dolzarb mavzudagi maruzalar oʻqib eshittirildi. Gazetadan
-
Sanoat robotlarini rivojlantirish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan boʻlib qolmoqda. Fan va turmush
dolzarb soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dolzarb kunlar (yoki palla, payt, dam)
-
Ish qistalang kelib, dolzarb kunlar ham boshlandi. A. Shermuhammedov, Toshkentlik paxdavon
-
Hozir chorvadoruchun eng dolzarb kunlar hisoblangan qishlov davom etmoqda. Gazetadan
-
Paxta yigʻim-terimi dolzarb pallaga kirdi. Gazetadan
DOLZARB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОЛЗАРБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dolzarb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar