domulla
bilan ulashing
1. Diniy maktab muallimi.
-
Sayfulla machitga borib, domullasidan saboq olib keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Domullasan, ilmingdan sadagʻa, yaxshilab oʻqitgin endi behroq. Erali va Sherali
2. Madrasani bitirgan mulla kishi.
-
Xon mulla Niyoz domullaga qaradi Domulla Niyoz Anvar tarafidan duoga qoʻl ochdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. etn. Duoxonlik, issiq-sovuq qilish bilan shugʻullanuvchi shaxs.
-
[Yusufbek hoji Oʻzbek oyimning] Doimo issiq-sovuqchi domulla, xoʻjalarnikida bosh ogʻritib yurishini ham bilar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. so‘zlashuv tili Urta va oliy maktab oʻqituvchisi; ilmiy rahbar, ustoz.
-
Qudrat uni Olga Petrovna bilan tanishtirib: — Mana sizga domulla, shu kishida oʻqiysiz, — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ibrohimov domullasi Ivan Petrovichning urugʻchilik sovxoziga kelganini eshitishi bilanoq, butun materiallarini olib joʻnadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
domulla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Domulla imom
-
Charchamaysiz, domulla pochcha, faqat quruq qoshiq ogʻiz yirtadi, xolos. Hamza
DOMULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОМУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
domulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar