dona
bilan ulashing
1. Sanoq sonlardan keyin kelib, miqdor bildiradi.
-
Bir dona gugurt choʻpi. Besh dona tuxum. Bir dona koʻsak.
-
Raʼno onasining soʻzi bilan qutidan besh-olti dona non olib, dadasining qoʻliga berdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Don, urugʻ.
-
Anor donasi. Makkajoʻxori donalari. Qoramugʻ donasi boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl. Maqol
-
Bolamning bolasi, qandak oʻrikning donasi. Maqol
-
Anor donalaridek shirin soʻzlaring. U. Ismoilov, Saylanma
3. Sochiluvchan narsalarning har bir yumaloq boʻlagi, zarrasi.
-
Qum donalari. Munchoqdek ter donalari. Marvarid donalari.
-
Suluv sochlari toʻzgʻigan holatda yugurib kirib, yomgʻir donalari yumalab turgan yuzini otasining mayin yelkasiga bosdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Nos sochilib, uning bir necha donasi sakrab-sakrab, stol tagiga kirib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Zarralar, boʻlaklar, qismlardan tuzilgan narsaning har bir zarrasi, qismi.
-
Har qanday materiya alohida donalar yigʻindisidan tuziladi. Qiziqarli geometriya
5. Shaxmat, shashka va shu kabilar oʻyinlarda har bir sipoh, piyoda yoki toʻgarakcha.
-
Baʼzan raqibning ikki donasiga birdaniga hujum qilinadi. Fan va turmush
-
Biri gazeta oʻqisa, biri kitob varaqlar, biri shashka oʻynasa, biri shaxmat donasini surar edi. J. Sharipov, Xorazm
6. Choʻtning tugmasimon qismi.
-
Choʻt donalari shaqir-shuqur boʻlib qoldi. Mushtum
DONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar