dona-dona
bilan ulashing
1. Zarralar, donalarga ajralib turadigan, har bir donasi alohida-alohida boʻlib turadigan.
-
Dona-dona tishlar.
-
Isiriq dona-yu dona, Tutunidan toʻlsin xona. Boychechak
-
Oyniholning yona-yona Xollari bor dona-dona. Yusuf va Ahmad
2. rvsh. vzf. Yakka-yakka, bitta-bitta; donalab.
-
Gul uzdim dona-dona. Folklor
-
U oppoq roʻmolchasi bilan koʻzlaridan dona-dona oqib tushayotgan yoshini artib, titroq ovoz bilan javob berdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. ravish Koʻchma Aniq, ravshan, tushunarli.
-
Joʻraxon adib savollariga dona-dona qilib javob qaytardi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Mutrib yostiq tagidan naycha qilib oʻralgan qogʻoz oldi, chiroyli qiroat bilan dona-dona qilib oʻqishga tushdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yon daftardan yirtib olingan katak chiziqli bir varaq qogʻozga yirik harflar bilan, dona-dona qilib binolarning adresi yozilgan edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
DONA-DONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОНА-ДОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dona-dona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar