don
bilan ulashing
1. Boshoqli va dukkakli oʻsimliklar mahsulining bir donasi.
-
Bugʻdoy doni. Makkajoʻxori doni. Dehqon ishlab don sochar, El-yurtiga non sochar. Maqol
-
Arpaning doni boʻlguncha, Bugʻdoyning somoni boʻl. Maqol
-
— Bir qumursqa bir dona donni tortsa, ikkinchi qumursqa orqadan itarib, unga yordam beradi-da, — dedi bir dehqon. S. Ayniy, Qullar
2. Shunday mahsul majmui, yigʻindisi; gʻalla.
-
Birida ulov boʻlsa, ekish uchun doni yoʻq, doni borida ulov, yer yoʻq. N. Safarov, Olovli izlar
-
Endi mehnat kuniga ham oz-moz don tegsa kerak. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Boshida otasi, uyida qopda doni boʻlsa, bular shu yerda oʻtirarmidi. T. Ashurov, Oq, ot
3. Parrandalarga beriladigan shunday ovqat, ozuqa; (sochiladigan) don-dun.
-
Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don. Qanotli soʻzlar
-
Bolali ona nonga toʻymas, Bolali gʻoz — donga. Maqol
-
Ey, doʻstim, hozir-chi, tuxum qilmaydigan tovuqqa hech kim don bermaydi. Shukrullo, Saylanma
-
Onasi toʻr ortidagi tovuqlarga don sochardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
don soʻzi qatnashgan jumlalar:
Don olishmoq
-
Oyim tirikliklarida ham dadam Zumrad kampir bilan don olishib yurardilar. S. Ahmad, Yulduzlar
-
— Bir-biri bilan don olishib qolgan boʻlsa siz bilan biz quda boʻlishdan boshqa ilojimiz yoʻq, — dedi Salim bobo. S. Ahmad, Choʻl oqshomlari.
Na don, na somon
-
Oʻzi, baʼzi retsenziyalar boʻladi, oʻqisang — na don, na somon. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
Ispaniyada va ispan tilida soʻzlashuvchi boshqa mamlakatlarda: erkak ismi oldidan qoʻyib, unga hurmat bilan murojaat qilishda qoʻllanadigan soʻz; Italiyada: ruhoniylar va dvoryanlarning faxriy unvoni.
DON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
don so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar