feʼl
bilan ulashing
1. Kishi xarakterini tashkil etuvchi ruhiy xususiyatlar va undan yuzaga keluvchi xatti-harakatlar majmui; xulq, xarakter, xulq-atvor.
-
Har kim feʼliga yarasha olar. Maqol
-
— Bu oyimchaning feʼlini bilasiz-ku! — dedi Mastura koʻziga yosh olib. E. Aʼzamov, Javob
-
Zaynabning shu feʼli balogʻatga yetib, erga teggandan keyin ham oʻzgarmadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Insonning maʼlum paytdagi ruhiy holati, kayfiyati, avzoyi.
-
Feʼli buzilmoq. Feʼli aynimoq. Feʼli ozmoq.
-
Shunday feʼli buzildiki, xudodan ham xafa boʻlib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Biroq raisning feʼli birdaniga aynib qoldi. S. Zunnunova, Olov
3. koʻchma Odat, xulq, qiliq; ish, xatti-harakat.
-
Yolgʻonchilik shunday bir shum feʼldirki, imonga, rizqqa, umrga, eʼtibor va obroʻga ziyoni bordur. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Qoyil qoldim endi qilgan feʼlingga, Oʻgʻil koʻrgin, qoʻlin solsin boʻyningga. Erali va Sherali
-
Hali ham tavba qil qilgan feʼlingga, Toʻxta, oyim, yetolmaysan elingga. Murodxon
feʼl soʻzi qatnashgan jumlalar:
It feʼl, itfeʼl
-
Samovarchining it feʼl ekanini payqagan boʻlsa ham, noiloj uning oldiga bordi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— It feʼli, badbaxt! qosh-u qovogʻingdan naq qor yogʻadi Oybek, Tanlangan asarlar
Feʼli aynamoq
-
Shamol esib, havoning feʼli aynib birpas-da Gʻayratiy, Tanlangan asarlar.
-
Goho kulib, osmon hammani xursand qiladi, goho birdan feʼli aynib, dehqon dilini siyoh qiladi. N. Safarov, Olovli izlar
Feʼli keng
-
Tegirmonda tugʻilgan sichqonning feʼli keng. Maqol
-
Oʻlganda goʻring keng boʻlsin, tiriklikda — feʼling. Maqol
-
Temirchining uyi tor boʻlsa ham, feʼli keng edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Ey, feʼli keng qishloq oʻgʻli, kuylayin seni! A. Sher, Qadimgi kuy
Feʼli tez
-
— Xotining, bunaqa feʼli tez ekan, [bolani] olib ketmagani ham durust. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Feʼli tor
-
Qadim oʻtgan zamonda, Kattaqoʻrgʻon tomonda, Bir ochkoʻz boy bor edi, Feʼli juda tor edi. Uygʻun.
-
— Ular-da pul boʻladi, bilaman. Lekin ayollarning feʼli tor. Oybek, Tanlangan asarlar
Feʼli qaytmoq
-
Yo tavba, yo tavba! Muncha feʼling qaytmasa, qizim? N. Safarov, Tanlangan asarlar
Xush feʼl
-
[Oʻroz] Mirzakarimboyga qarol boʻlib yollangan, ket-boshi kir, uvada boʻlishiga qaramay, chiroyli, xush feʼl, yoqimtoy yigit edi. Oybek, Tanlangan asarlar
pish . Harakat, shuningdek, holat va hodisani bildiradigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz.
-
Feʼl zamonlari. Kelasi zamon feʼli. Oʻtgan zamon feʼli. Oʻtimli feʼl. Oʻtimsiz feʼl.
FEʼL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФЕЪЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
feʼl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar