fotiha
bilan ulashing
1. din. 1 Qurʼonning birinchi, boshlangʻich surasi, boshlanishi.
2. Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqish.
-
Chollar Qudratga tani-joni sogʻlik, ishiga baraka tilab, fotihaga qoʻl koʻtardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Rahim domla fotihaga qoʻl ochib, yoshlarni duo qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Biror ish-harakatni bajarishga kirishayotgan kishiga omad, baxt tilagan xolda beriladigan ruxsat, ijozat.
-
Fotiha bermoq. Fotiha olmoq.
-
Men rozi, kuyov qilamiz, fotiha bering. U. Ismoilov, Saylanma
-
Orif sardor xalqdan fotiha olib, otini yugurtirib, toʻdaga ketdi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
4. etn. Qiz bilan yigit turmush qurishga rozi boʻlgandan keyin, buni qarindosh-urugʻ, mahalla ahliga maʼlum qilish maqsadida nikohsan oldin oʻtkaziladigan marosim; unashtirish.
-
Fotiha goʻyo yarim nikoh, u ikki tomonning kelajak hayotiga taqdir muhrini bosadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Musulmon boʻlsalaring, qizimga tegmanglar! Birovning omonati! Birovga fotiha boʻlgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. etn. Oʻlik chiqqan xonadonda oʻlimning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning xotirasi uchun oʻtkaziladigan marosim; taʼziya.
-
Fotihaga kirib chiqmoq.
-
Oʻligim kafansiz qolmasa, duoyi fotihaga kelganlarning oldiga bitta-ikkita qattiq-quttiq non qoʻysangiz boʻlgani. A. Qahhor, Sarob
-
Shu payt uch kishi fotihaga kirdi. S. Siyoyev, Avaz
6. koʻchma Tabriklash, muborakbod qilish, yaxshi tilaklar bildirish.
-
[Maxdum:] Sen qizlaringni ozod qoʻy, Nigor, dasturxon tayyorlab, choy qaynat! Fotihaga odamlar kelsa kerak. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
fotiha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fotiha oʻqimoq
-
Mirzakarimboy qoʻllari bilan soqolini yengilgina siypab, marhumga fotiha oʻqigan boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kampir tepasini burgan bosgan qabr oldida toʻxtab, hassasiga suyanib, yerga oʻtirdi-da, nimalarnidir pichirlab, fotiha oʻqidi. I. Rahim, Ixlos
-
Oshdan soʻng usta Olim shunday fotiha oʻqidi: — Dushmanlaringizning yoʻq boʻlganlari chin boʻlsin, sevganingiz bilan endi masʼud yashang! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Fotiha qilmoq
-
Qalandar poygakka chordana qurdi. Ichida nimanidir pichirladi, fotiha qildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Yuziga fotiha tortmoq
-
Nasiba kresloga oʻtirib, yuziga fotiha tortdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Botir ham bobosiga qoʻshilib, yuziga fotiha tortdi. A. Dilmurodov, Osmonning bir parchasi
Oq fotiha
-
Ota, sizdan oq fotiha tilayman, Shirvon elda Zulxumorga boraman. Ravshan
-
[ Tangriqul hoji:] Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab, yoʻlga chiqay M. Osim, Ibn Sino qissasi
Fotiha soʻramoq
-
Abdurahmon sardor qaytmoqchi boʻlib, xalifadan fotiha soʻradi. S. Ayniy, Qullar
Fotiha toʻyi
-
Keling katta toʻydan ilgari fotiha toʻyini oʻtkazib olaylik. Hamza, Kim oʻgʻri?
-
Ichkarida bir oqsoch kampir, tashqarida bir karquloq otboqar qolgan, boshqa hech kim yoʻq, hamma fotiha toʻyiga ketgan. K. Yashin, Hamza
FOTIHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФОТИҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fotiha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar