g‘animat
bilan ulashing
1. kitobiy Urushda yoki ovda qoʻlga kiritilgan narsa, oʻlja.
-
Husayn Boyqaro merganlar bilan birga tantanali ov haftalari tuzib, qorli sahrolarga suron solar, katta gʻanimat bilan qaytardi. Oybek, Navoiy
-
Qaldirgʻoch uchib ketayotib, gʻanimatini tutaveradi, yerda esa ojiz boʻlib qoladi. Gazetadan
2. Umuman, qoʻlga kirgan, ega boʻlingan narsa.
-
Oʻgʻillari oʻttizinchi yillarda otalaridan meros qolgan gʻanimatlarni choʻntakka solib, ming mashaqqatlar bilan Mashhadga qochgan edi. A. Hakimov, Ilon izidan
-
Hatto bizning davrimizda kelib chiqqan Yoz neʼmati — qish gʻanimati degan maqol ham konserva sharofatiga aytilgandir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
3. Shaxs, holat yoki narsaning mavjudligi vaqtinchalik, oʻtkinchi va qaytmaydigan ekanini bildiradi.
-
Dam gʻanimat. Yoshlik gʻanimat. Vaqt gʻanimat
-
Fursat gʻanimatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chogʻidir umr daftarin. Gʻ, Gʻulom
-
Gulchehraga eri bilan totuvligi ham gʻanimatdek tuyulardi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Biz ham gʻanimat, bugun bormiz, ertaga oʻzi biladi. M. Mansurov, Yombi
G‘ANIMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАНИМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘animat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar