g‘isht
bilan ulashing
Qolip yordamida loydan toʻrtburchak shaklida quyiladigan qurilish materiali.
-
Xom gʻisht. Gʻisht quymoq. Gʻisht termoq. Qolipsiz gʻisht bitmas, rejasiz ish bitmas. Maqol
-
Atrofimdagi imoratlarning koʻpi pishiq gʻishtdan, baʼzilari xom gʻishtdan boʻlsa ham, koʻkrakdor qilib solingan. Shukrullo, Saylanma
-
Berdiboy yaxshi bir nonvoy, oʻrtacha arrakash, gʻisht teruvchi edi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
g‘isht soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻisht qolip(i)dan koʻchdi
-
Endi gʻisht qolipdan koʻchgan edi. Sayyora murosaga keldi. Ismoilning aliment toʻlashini sir tutdi. P. Qodirov, Qalbdagi quyosh
Goʻriga gʻisht qalamoq
G‘ISHT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИШТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘isht so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar