jonsarak
bilan ulashing
1. Sarosimaga tushgan, esankiragan, gangib qolgan; bezovta.
-
[Mansur:] Magʻrur Alisherning suvdan chiqarib tashlangan baliqday jonsarak, ini buzilgan qushday bezovta boʻlishi qasos bilan toʻlgan yuragimga tasalli beradi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Oldingi pozitsiyaga ilk qadam qoʻyib, har narsadan hadiksiraganday, tevarakka jonsarak va ojiz qaraydigan yangi jangchilar orasida [Bektemir] oʻzini pixini yorgan xoʻrozday sezar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. koʻchma Sira bekor oʻtirmaydigan, doim oʻziga ish topib gʻimirlab yuradigan, tinchimaydigan; serharakat.
-
Hozir oʻsha jonsarak tana jim, oʻsha chevar qoʻllar bedarmon. I. Rahim, Ixlos
-
U [Oʻ. Zokirov] ovqatini ham yurib yeydigan jonsaraklardan. Gazetadan
JONSARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНСАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonsarak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar