jonsiz
bilan ulashing
1. Hayot alomati yoʻq, oʻlik.
-
Kolxozchilar yugurishib kelganlarida, Umurzoq ota jonsiz edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Mengliboy engashib, jonsiz qoʻzichoqni qoʻliga oldi. S. Ahmad, Yulduz
2. Harakatsiz qotgan, hech narsa ifoda etmaydigan; behush, karaxt.
-
Jonsiz chehra.
-
Silkinish orqasida uning yuzini toʻzgʻigan soch tolalari oʻrab olib, jonsiz bir suratga kirgizdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Otabek ota-ona orzusiga, oʻz taʼbiricha, jonsiz haykal boʻlib rizolik berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Kuchi yoʻq, kuchsiz; boʻsh, chidamsiz; nimjon.
-
Jonsiz ip.
-
Murzin uning parishon sochlarini, nozik boʻyniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. koʻchma Zerikarli, ruhsiz, taʼsirsiz; shavq-zavqsiz.
-
Jonsiz spektakl. Majlis juda jonsiz oʻtdi.
5. koʻchma Sukutga choʻmgan, jimjit.
-
Jonsiz koʻchalar.
-
Uzoqlarda jonsiz koʻringan Ovullar ham yigʻlab uxlagan. Sahar turib shoʻrli xotinlar Tangrim degan, toʻlib yigʻlagan. H. Olimjon
JONSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar