jonli
bilan ulashing
1. Tiriklik alomati bor, tirik.
-
Jonli toʻqima (biol.).
-
Qizdan soʻrabdi: — Bu yerda nima qilib oʻtiribsan, bu yerda oʻzingdan boshqa jonli jonivor bormi? Oltin beshik
2. Yashab turgan, barhayot, tirik.
-
Oʻtmishning jonli shohidi.
-
Jonli guvohni ishga tikib boʻlmaydi. A. Qahhor, Sarob
-
Urush zahmatini boshidan kechirgan har bir odam dahshatli u yillarning jonli shohididir. N. Safarov, Olovli izlar
3. koʻchma Ehtirosli; qaynoq.
-
[Gulnor] Yoʻlchining kuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning boʻsasining jonli olovini bir lahza sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Tiyrak, serharakat; shoʻx.
-
Taxtapullik Sobirjonni tanir edim men Bokudan: Zap chavandoz, miqti, jonli, xosiyatli ulfat juda. M. Shayxzoda.
-
Haqiqatda esa mingboshi xotinlari orasida eng jonli va eng esligi boʻlgan bu juvon — Sultonxonga qarshi ochgan kurashining natijasidan norozi edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
5. koʻchma Ruhli, shoʻx, qiziq; qizgʻin.
-
Bu uzatish majlisini jonli, ruhli oʻtkazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib husn olamini yana bir qayta bejabdirlar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Meliqoʻzi bilan boʻlgan jonli suhbatda [uning] butun orzu-istaklarini bilib oldim va ocherk yozdim. N. Safarov, Olovli izlar
6. koʻchma Tetiklik, gʻayrat, xushchaqchaqlik ifoda etuvchi; shoʻx, oʻynoqi (koʻz qarashi, chehra haqida).
-
Yoʻlchining chiroyli keng yuzida jonli, teran maʼnoli koʻzlarida qandaydir iliq, samimiy tabassum toshgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. koʻchma Xuddi haqiqatdagidek, chin, haqiqiy; yorqin.
-
Jonli portret,
-
Jilin bilan Kostilinning sarguzashti ularning koʻz oldilarida jonli voqeaday oʻta berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Sayramov] Har masalani jonli misollar bilan bayon qildi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
8. koʻchma Ifodali, aniq-ravshan, tushunarli.
-
Atoqli xalq sanʼatkori [Yusufjon qiziq] hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Eski adabiyotni yaxshi oʻqiydi, ayniqsa Abomuslim dostonlarini oʻqiganda, juda ham jonli chiqaradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
9. koʻchma Hayot qaynagan, gavjum; joʻshqin.
-
Kunduzgiga qaraganda saroy jonli: kishilarning shaqillashib soʻzlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni koʻkka koʻtargudek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
10. koʻchma Amaliy, ishbilarmonlarcha.
-
Rahbarlikni qogʻozda emas, jonli rahbarlik qilish shaklida olib borish kerak. N. Safarov, Olovli izlar.
JONLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar