jonlan
bilan ulashing
1. Hayot belgilarini koʻrsatmoq; tetiklanmoq, bardam boʻlib qolmoq; tirilmoq. Bahor — tabiat jonlanadigan fasl.
-
Kunlar ancha uzayib qoldi, havoning harorati kun sayin koʻtarilib, borliq mavjudot jonlana boshladi. Gazetadan
-
Ertalab qishloq aholisi, bahor quyoshining dastlabki iliq nuridan jonlangan jonivorlar singari, oʻrmalab, koʻchaga chiqa boshladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Yengil tortib, harakatga, joʻshga kelmoq; ruhi koʻtarilmoq, ruhlanmoq.
-
Kumush seskanib oʻziga keldi. Hushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan soʻng bir oz jonlangandek boʻldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U sevgilisi qoʻlidan oʻziga obi hayot oʻtgandek jonlandi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Gavjum, serfayz boʻlmoq.
-
Kunduz soat birlardan keyin toʻyxona jonlanib qoldi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Kimsasiz, oʻlik koʻringan dasht odamlar bilan jonlanib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Ravnaq, rivoj topmoq, yuksalmoq, olgʻa bosmoq.
-
Ishlar jonlanib ketdi.
-
Joʻraxon rahbarligida havaskorlik toʻgaraklari, sport ishlari jonlandi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
5. Qizgʻin tus olmoq, qizimoq.
-
Suhbat jonlandi.
6. Namoyon boʻlmoq, gavdalanmoq.
-
Kasal cholning sargʻayib ketgan yuzi, mushtdekkina gavdasi Sherzodning koʻz oʻngida tagʻin jonlandi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor.
-
Koʻzi oldida Dasha xola jonlandi. S. Karomatov, Oltin qum
JONLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar