jonivor
bilan ulashing
1. Tabiatdagi hamma jonli narsalar; jon egasi; mavjudot (oʻsimlikdan tashqari).
-
— Xudoyi taolo insonni hamma jonivorlardan aziz-u mukarram etib yaratdi, — dedi Meʼmor oʻrtadagi sukutni yoʻqotib. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qishloqda birorta qimir etgan jonivor koʻrinmaydi. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Narsa, oʻsimlik, hayvon va shu kabilarga nisbatan erkalash maʼnosida yoki “bechora”, boyoqish, shoʻrlik kabi maʼnolarda ishlatiladi.
-
Ot sagʻrisidan loyga botgan, jonivor bor kuchi bilan pishqirib, oldinga intiladi. Oydin, Fonar tagida
-
Ishkom chetida bir shaftoli bor ekan, jonivor, mevasini koʻtarolmay, shoxlari yerga qayrilib yotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ogʻayni, bu osh degan jonivor kuyib ketmadimi!? Sh. Rashidov, Gʻoliblar
3. koʻchma Hayvon, maxluq.
-
— Qori Ibod deganing ahmoq bir jonivor ekan, — dedi Qurbon devona. S. Ayniy, Jallodlar
-
— Ammo otangni ham shu jonivorlar orasiga qoʻshib oʻltirishing qisqaligingdir! — dedi [Xoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ot dam olsin, oʻrniga sizni qoʻshamiz. Siz undan koʻra aqlliroq jonivorsiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
JONIVOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНИВОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonivor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar