jonon
bilan ulashing
1. ot Juda goʻzal, zebo, qaddi-qomati kelishgan ayol; nozanin.
-
Koʻzim nuri, latofatli na xush ozoda jononsan, Nechuk ham yaxshi jononsan, mening jismim aro jonsan. Habibiy
2. sifatdosh Juda yaxshi, goʻzal, shirin, yoqimtoy; oʻynoqi; aʼlo.
-
Jonon yigit.
-
Shahrimiz koʻrkidir jonon bolalar. Gʻ. Gʻulom
-
Aytsam, doʻstlar, shu tuni Boʻlib oʻtdi jonon toʻy. Z. Diyor
-
Hoy qushlar, jonon qushlar, Keling, chertay birga tor. Gʻayratiy
-
Kulgisi chiroyli ekan, jonon chinni chertilganday boʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Yaqin kishilarga murojaatda hurmat yoki kesatiq maʼnosini, begonalarga nisbatan esa xushomadni bildiradi.
-
— Jonon, — dedi u, xotinining boshini silab. A. Qahhor, Sarob
4. Jonon (xotin-qizlar ismi).
JONON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОНОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jonon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar