kasofat
bilan ulashing
1. sifatdosh Yomon oqibatga olib boradigan, baxtsizlik (ziyon, zahmat) keltiradigan.
-
Kasofat ish.
-
Shira koʻp kasofat narsa, gʻoʻzaning yosh barglariga yopishdimi — uni bujmaytirib qoʻyadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Kayfim bor edi, hammasiga kasofat araq sababchi Gazetadan
2. ot Yomon oqibat, yomon, noxush taʼsir.
-
Yaxshining — sharofati, yomonning — kasofati. Matal.
-
Ochlik kasofatidan ona-bola dunyodan ketdi. S. Ismoilzoda, Temur
-
Mana shunday hilofi sharʼiy ishlaringizning kasofatidan bunday kunlarga tushdingiz. S. Ayniy, Qullar
3. Shunday belgi, taʼsirga ega boʻlgan shaxs yoki narsaga nisbatan qoʻllanadi; shaxs yoki narsani shunday belgi bilan qayd etadi.
-
Yoʻqol, deyman, yoʻqol, nahs! Yoʻqol koʻzimdan, kasofat! S. Zunnunova, Olov
-
Buning ustiga noʻxtasi ham yoʻq edi kasofatning [novvosning]. S. Nurov, Narvon
-
Sen zamonni tushunasanmi, oʻylab qara, agar shu xom qovoqda miyang boʻlsa, yigʻlama, kasofat. Oybek, Tanlangan asarlar
kasofat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kasofatiga qolmoq
-
Bu orada qizim shoʻrlik uning kasofatiga qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
KASOFAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАСОФАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kasofat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar