kassa
bilan ulashing
1. Pul, qimmatbaho qogʻozlar qabul qilinadigan va saqlanadigan poʻlat sandiq, quti, joy va shu kabilar
-
Paxta plani oshsa, Toʻla turar kassasi. Qoʻshiqlar
-
Baza kassasi bitmas-tuganmas chashma emaski, oʻz-oʻzidan jaraq-jaraq aqcha qaynab chiqaversa. Gazetadan
2. Muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish va shu kabilar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi.
-
Qiz ichkariga kirib ketgach, aftidan kassaga pul topshirgani oʻtdi shekilli, yana oʻzimga kela boshladim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Kinoteatr kassasi oldida yomgʻirdan qochib navbat kutayotganlar koʻpaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Pul bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi muassasa yoki tashkilotlarning nomi.
-
Omonat kassa. Oʻzaro yordam kassasi.
4. Qabul qilib olingan summa (cheklar) koʻrsatilgan talonlar bosib chiqariladigan (aks ettiriladigan) qurilma, apparat va shu qurilma joylashgan xona.
5. Muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
-
Kassani tekshirmoq.
-
Sattorov kassani hisoblab chiqqach, tovuq fermasiga oʻtdi. Mushtum
KASSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАССА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kassa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar