kasod
bilan ulashing
1. Talab yoki xaridor yoʻqligi tufayli savdo-sotiq, kasb-hunar va shu kabilarning toʻxtab qolish, yurishmaslik, tovarning oʻtmaslik holati.
-
Nima qilib zerikib oʻtiribsiz, savdo kasodmi? Oybek, Bolalik
-
Kasb-kori kasod boʻlgan usta Zamonning tirikchiligi yana ogʻirlashib qoldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Yigitali, magazinda KOOP [kooperativ] uni koʻpayib ketgach, tegirmoni kasod boʻlib, uyda oʻtirib qolgan otasi hozir pensiyadaligini eshitgan edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bandayi, yorab, Muqimiydek boʻlib xor-u kasod, Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasin. Muqumiy.
2. sheva Kasofat, zarar.
-
Uyquning kasodi koʻpdir kishiga, Buvishim, gʻaflatdan koʻtar boshingni! Ravshan
kasod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bozor kasod
-
Bozor kasod, mol-tuyoqning narxi pastlab ketgan. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Bozorlar kasod boʻlib, hech kim uzangini oʻz narxiga ham soʻramay qoʻydi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Kasod mol
-
Shu oyda [Ramazon oyida] barcha doʻkondorlar to sahargacha savdo-sotiq qilar kasod mollarini kechalari pullar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
KASOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАСОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kasod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar