katak
bilan ulashing
1. Parranda yoki ayrim (asosan mayda) jonivorlar turishi uchun maxsus ishlangan qurilma; xona, uycha.
-
Dilfuza ayvondan sakrab tushdi-da, tovuq katagi yonidagi nimqorongʻi oshxonaga kirib, tokchadagi uzun shishani topdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Boʻron oʻzi topshirgan kiyik bolasini sim kataklardan qidira ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
2. Bir sath (yuza)dagi kichik-kichik boʻlmalar, uyalar, teshiklarning biri. Ari uyasining katagi.
-
U vestibyulga kirib, rang-barang eʼlonlar osigʻliq doska yonidan oʻtayotganda, chata, ari uyasiday sertokcha pochta katagiga qaradi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Narsa yuzasiga ishlangan, tushirilgan toʻrtburchak; shunday toʻrtburchaklarning biri. Shaxmat katagi.
-
Azimov qora farzinni qoʻlida bir oz ushlab turib, shaxmatning oq katagiga taqillatib urdi-da, shax dedi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Yuzasida shunday kataklar boʻlgan; katakli.
-
Katak daftar.
-
Haqiqatan ham xat katak daftarning bir varagʻiga yozilgan boʻlib, ikkala betida ham ochiq joy yoʻq edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Boshiga Poʻlatjon sovgʻa qilib keltirgan koʻk katak roʻmolchani yosh juvonlarday ixcham tangʻigan holda ayvon yaqiniga keldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
katak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burun katagi
-
[Shokir otaning] Qayrilib tushgan, kataklari keng, besoʻnaqay qayroq burni uchida ter tomchilari yaltirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
KATAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
katak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar