ko‘pchilik
bilan ulashing
1. Maʼlum son yoki miqdordagi kishi yoki narsalarning katta, koʻp qismi, shunday qismni tashkil qiluvchi kishilar; aksariyat.
-
Oʻquvchilarning koʻpchiligi. Koʻpchilik ovoz bilan saylanmoq.
-
Yoʻlchi doʻppi bozoridan aravani arang olib oʻtdi: bu yerda zoʻr tiqilinch, koʻpchiligi xotinlar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Odatda koʻpchilik qizlarning husni tanishib, suhbatlashib, doʻstlashib ketganingdan keyin ochiladi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Koʻp odam, xaloyiq; omma.
-
Ozchilik koʻpchilikka boʻysunadi. Koʻpchilik oʻrtasida. Koʻpchilik bir mushtdan ursa — oʻldiradi, bir burdadan bersa — toʻydiradi. Maqol
-
Oʻquvchi, biz koʻpchilikmiz, oʻqituvchi hammamizni baravar koʻrolmaydi, deb oʻylaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
KO‘PCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎПЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘pchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar