ko‘ra
bilan ulashing
1. Koʻrmoq feʼlidan ravishdosh.
-
Meni koʻra oʻrnidan turdi.
-
— Oʻz rohatimni koʻzlab, sizning oshingizni kutib qolsam, besh kishini, koʻra-bila turib, och qoʻygan boʻlaman, — dedi Otabek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻm. (j. k. bilan) Sabab, asos munosabatini bildiradi; asosida, muvofiq, binoan.
-
Shunga koʻra. Taomilga koʻra.
-
Tuzilgan bitimga koʻra, Abdulatif Samarqandga yuborildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Otam, oʻz kasbining taqozosiga koʻra, umrining koʻp qismini safarlarda oʻtkazgan odam. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
3. koʻm. (ch. k. bilan) Qiyos, taqqoslash munosabatini bildiradi; nisbatan, qaraganda.
-
Siz buni mendan koʻra yaxshiroq bilasiz. Undan koʻra bu yaxshiroq.
-
Peshtaxtalar oldida xaridordan koʻra koʻproq uymalashgan sotuvchilar tillaridan bol tomib, mollarini taʼriflashadi. N. Aminov, Suvarak
-
Masala u oʻylaganidan koʻra chuqurroq koʻrinardi. F. Musajonov, Himmat
-
Meʼmor hatto oʻz oʻgʻli Nizomiddindan koʻra ham Zavrakning gaplariga ishonardi. Mirmuhsin, Meʼmor
1. Tunuka-temirdan tarnov shaklida yasalgan, kabob pishiriladigan asbob.
-
Doshqozonlardagi jajji gumbazday sap-sariq palovning, koʻkish tutun chiqib turgan koʻralardagi sixkabobning hidi hamma yoqni tutib ketgan. S. Siyoyev, Avaz
2. Pista koʻmir tayyorlanadigan chuqur.
3. Temirchi va zargarlarning metall eritadigan oʻchogʻi.
-
Temirchidan bir koʻra bilan dam soʻrab oldi. Sharq yulduzi
-
Mana, otaning loydan yasalgan toʻrt burchakli koʻrasi, oʻchoqdagi koʻmirga havo beruvchi, echki terisidan yasalgan dami ustaxonadan joy olgan. Gazetadan
4. Ziynatli chinni idish; vaza.
-
[Zumrad] Devorlarning naqshini tomosha qildi, koʻralar va ipak gilamlarni bir-bir koʻzdan kechirib, ajablandi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Sirtiga turli afsonaviy qush va hayvonlarning suratlari solingan chinni koʻralar, idish-oyoqlar tokchalarga tizilgan. M. Osim, Karvon yoʻllarida
5. sheva Tunukadan ishlangan, ogʻzi kattaroq joʻmraksiz obdasta.
-
Bola kuchi yetsa — chelak sudrab, yetmasa — koʻra koʻtarib, sahnga suv separ edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Toshloq, qum-shagʻalli yerlarda suvni tortib ketadigan gʻovak joy; oʻpqon.
-
Dashtdagi bogʻbon sugʻorish pallasi kechasi-yu kunduzi shunday koʻralar ogʻzini berkitish bilan band boʻladi. A. Ibodinov, “Latofat doʻkonidagi qatl
-
Bogʻbonlar koʻra deb ataydigan, kuldirgichga oʻxshash bunday teshiklardan shagʻal oʻpqoni bir zumda bir tegirmon suvni yutib yuboradi. A. Ibodinov, Latofat doʻkonidagi qatl.
KO‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar