ko‘pchi
bilan ulashing
1. Shishmoq, boʻrtmoq, shishib koʻtarilmoq (yuz, qovoq va shu kabilar haqida).
-
Koʻrishayotganda, koʻzlari ham qizarib qolganini, qovogʻi odatdagidan koʻpchibroq turganini koʻrdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Bashorat yetib keldi yum-yumaloq yuzi terlab, qizarib, koʻpchib ketgan. A. Muxtor. Opa-singillar.
-
osmondagi oylar ham, koʻpchib yotgan yerlar ham — bari-bari seniki. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Yetilib, shishib koʻtarilmoq; yetilmoq (asosan xamir haqida).
-
Maxsus avtomat mashina koʻpchigan xamirni zuvala qilib, uzib tashlayapti. Gazetadan
-
Vaqti yetib koʻpchigach, albat, Togʻoradan toshadi xamir. M. Ali, Boqiy dunyo
KO‘PCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎПЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘pchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar