ko‘rgilik
bilan ulashing
1. Erk-ixtiyordan tashqari holda kishi hayotida yuz bergan, yuz beradigan koʻngilsiz voqea, hodisa; holat.
-
— Tirik kallaning bu dunyoda koʻradigani koʻp ekan, oʻrtoq Doʻsmatov, bu ham koʻrgilik-da! — deb oh chekib, kuyinib qoʻydi Meli polvon. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U barcha koʻrgiliklari uchun shu yigit aybdordek, Dilshodni yomon koʻrib qolgan Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. din. Peshonaga yozilgan narsa; taqsir, qismat.
-
Doʻsmat unga qishloqdagi ahvol haqida hasrat qildi va har safargiday: — Hay, xudo yozgan koʻrgilik shu ekan-da! — deb hasratini tugatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nima qilay, bu ham boʻlsa, peshonaga bitgan bir koʻrgilik, bolam. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
KO‘RGILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРГИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rgilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar