ko‘rish
bilan ulashing
1. Koʻrmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Siz bilan anchadan beri koʻrishganimiz yoʻq. Bolalar kino koʻrishdi.
-
Bular koʻprikdan oʻtishda ajoyib manzarani koʻrishdi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Salom-alik qilishmoq, salomlashmoq.
-
Isroil, Eminlar ham u bilan boshqatdan quchoqlashib koʻrishdilar. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Xush kelibsiz xursandman, — dedi uy egasi ular bilan koʻrishib. M. Osim, Ibn Sino qissasi
3. Uchrashmoq, yuz koʻrishmoq.
-
Xayr, ertaga koʻrishamiz. Ular tez-tez koʻrishib turishadi.
-
— Koʻrishganimizga ancha boʻldi, — bazoʻr javob berdi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shu yigitni koʻrsam, bir gʻalati boʻlib ketaman, dermish. Ha, Sora ham, koʻrishganlarida bir oz rangi oʻchardi, deydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
ko‘rish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuz koʻrishmoq
-
Eʼzozxon uni oʻz otasi qatori hisoblab, bu yerga koʻchib kelgan kunlaridayoq yuz koʻrishgan edi. H. Gʻulom, Mashʼal
KO‘RISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar