ko‘rin
bilan ulashing
1. Koʻrmoq feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Shahar uzoqdan koʻrinib turibdi. Shu kunlarda nega kam koʻrinasiz?
-
Boyagi sovchilar bu favqulodda muomalani koʻringan birovga doston qilib oʻqiydilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu Kanizakning unga qiladigan har bir muomalasidan ochiq-oydin koʻrinib tursa ham bunga hech kim ahamiyat bermas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Koʻz oldida namoyon boʻlmoq, paydo boʻlmoq.
-
Ostonada Qora Ahmad koʻrindi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tasavvur qilinmoq, tuyulmoq; oʻxshab ketmoq.
-
Ona Normatning boʻyiga tikilib qaradi. Kechagina maktabga qatnab yurgan bola bugun onaning koʻziga sher yigit boʻlib koʻrindi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Avvallari bu ish [samovarchilik] hammaga biram erish koʻrindi, biram gʻalati tuyuldiki, bolam bechora Abror nomuslarga oʻldi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Yodgorning nazarida uy yanayam sovib ketgandek koʻrindi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Oʻzini shifokorga koʻrsatmoq, shifokor koʻruvidan oʻtmoq.
-
Biz uning betob boʻlganini eshitib, koʻrgani bordik doktorga koʻringanmi, yoʻqmi, soʻradik. M. Ismoiliy, Inson husni
ko‘rin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzga koʻrinmoq
-
Shu savol boshiga kelganda, koʻziga toʻsatdan Kanizak koʻrinib, Sidiqjonning yuragi oʻynab ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Koʻzga koʻringan olim.
-
Mening ham bolam odam boʻldi, koʻzga koʻrindi. Yodgor. Harbiy toʻntarilishning birinchi kunlaridayoq koʻzga koʻringan bir necha artist, rejissyor, operator va aktyorlar halok boʻldi. Gazetadan
Koʻziga hech narsa koʻrinmaydi
-
Rahimberdining asablari oʻt boʻlib yondi, koʻzlariga hech narsa koʻrinmadi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng
-
Mansurning oʻzi emasmidi, kunora xatingizni olmasam, hech nima koʻzimga koʻrinmaydi, degan? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
KO‘RIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar