ko‘rinish
bilan ulashing
1. Koʻrinmoq feʼlidan harakat nomi.
-
Mahkam hozir uning yana nimadir demoqchi ekanini sezdi, lekin unga koʻrinishni ham, gapirishni ham istamagani uchun, bosh irgʻab, eshikdan chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Tashqi qiyofa; qiyofa.
-
Qiz, koʻrinishdan ozarbayjon boʻlsa kerak, ruscha gapirar, gap-soʻzlaridan anchagina savodli ekanligi koʻrinib turar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Rahim akaning ovozida odatdagi kesatiqdan asar ham yoʻq, koʻrinishi sertashvish edi. F. Musajonov, Himmat
3. Koʻzga koʻrinib turgan narsa, manzara.
-
Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib bir oz yotgandan keyin uzoq tin olib qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. teatr. Dramatik asarda pardaning maxsus dekoratsiya talab etuvchi har bir qismi. Ikkinchi pardaning beshinchi koʻrinishi.
-
Bir parda, yetti koʻrinishli sheʼriy musiqali drama. Guldasta
5. Voqea-hodisa kabilarning muayyan namoyon boʻlish holati.
-
— Ishga sovuqqonlik, loqaydlik ham, aslini olganda, intizomsizlikning bir koʻrinishi, — dedi Qurbonova. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ammo saxiylik bilan xasislikning boshqacha koʻrinishlari ham boʻlarkan. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
ko‘rinish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻrinish bermoq
-
Murodova hamma narsani koʻrib, bilib kelgandan beri Umarali unga koʻrinish bermagan edi. I. Rahim, Ixlos
-
birrov oʻz xonasidan chiqib keldi-yu, koʻrishib salomlashganidan keyin, boshqa koʻrinish bermadi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Koʻrinish olmoq
-
Toshkent zilziladan keyin yangi koʻrinish oldi. Gazetadan
KO‘RINISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРИНИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rinish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar