laqab
bilan ulashing
1. Biror xususiyatiga koʻra, kishiga hazil qilib yoki masxaralab berilgan qoʻshimcha nom; shuningdek, maʼlum maqsadda oʻzgartirib olingan nom.
-
Unga Mitti laqabini qaysi hazilvon qoʻygan boʻlsayam, topib qoʻyibdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Qismda yosh jihatdan hammadan kichik, boʻyi hammadan past boʻlgani uchun duvarak deb laqab qoʻyilgan A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Men amir odamlari qoʻlidan qochib, yigirma besh yildan beri oʻz joyimni oʻzgartirib,
-
xatirchilik laqabi bilan yurmoqda edim S. Ayniy, Qullar
2. eskirgan, aynan Taxallus.
-
Muhammad Aminxoʻjani endi xalq Muqimiy deb taniy boshladi. Seni ham xalqqa bir laqab bilan tanitishni istayman! Sening laqabing Mavlaviy boʻlsin!— dedi ustoz. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
3. xk. ayn. Familiya.
4. Hayvonlarga qoʻyilgan nom.
-
Chalma va Medunka laqabi boʻlgan ikkita gʻunajinning suti tekshirib borildi. N. Mavlonov, Qoramolchilik
LAQAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАҚАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
laqab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar