laqqa
bilan ulashing
1. zool. Chuchuk suvlarda yashaydigan, tangachasiz, moʻylovli yirtqich baliq.
-
Ertalabdan tashlangan qarmoqlarga toʻrttagina bir qarichlik laqqa ilindi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. so‘zlashuv tili Lahm, suyaksiz (goʻsht).
-
[Nor:] Xola, meni koʻp charxlamang-u, uvrangizni kesa bering! Ogʻzingizga siqqanini uch kunda laqqa jigardek qanorangizga ilib qoʻyaman. Hamza, Paranji sirlari
-
Oʻzingga tashlangan itga laqqa goʻsht tashlang A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
laqqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Laqqa baliq
laqqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Laqqa tushmoq (yoki ishonmoq)
-
[Erkin Raʼnoga:] Yoʻq, rosti bilan ham ahmoqman! Ahmoq boʻlmasam, shularning hiylasiga laqqa tusharmidim, Akramning domiga ilinarmidim? O. Yoqubov, Aytsam tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
-
choylarni damlab, ovqatlarni dimlab qoʻyamiz desa, men laqma laqqa ishonibman. Y. Shamsharov, Toshqin
so‘zlashuv tili Laqqa choʻgʻ (yoki oʻt) ayn. laxcha choʻgʻ (yoki oʻt)
-
Keyin uning tagiga laqqa choʻgʻdan qalab, bir-ikki pufladi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
LAQQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАҚҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
laqqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar