larza
bilan ulashing
1. Kuchli taʼsir natijasida yuz beradigan qattiq titrash, qattiq silkinish; titroq.
-
Toʻxtovsiz va qattiq otishmalardan yer-u osmon larzada.
-
Muruvvatli, saxiy, dilkash, dilbar yer, Gumburlab silkinding, bagʻringda larza. Gʻ, Gʻulom
2. koʻchma Qattiq bezovtalik, bezovta qiluvchi narsa, holat.
-
Samarqandda Boburni tildan qoldirgan kasallik — gʻoyat kuchli bir ruhiy larzaning oqibati edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
larza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Larzaga solmoq (yoki keltirmoq)
-
Tanklar yerni larzaga solib yaqinlashmoqda edi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Togʻning har burchagi va yonbagʻridan aks sado kelib, darani larzaga keltirdi. S. Ayniy, Doxunda
-
Koʻplarning xayoli dunyoni larzaga solgan temuriylar saltanatining buyuk tojdoriga qarshi, oʻz oʻlimini bilgani holda tigʻ koʻtargan kimsada edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bu dahshat Abdullani qattiq larzaga soldi. H. Shams, Dushman
LARZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАРЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
larza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar