muz
bilan ulashing
1. Suvning nol darajagacha sovishi natijasida qotgan holati; yax.
-
Muz parchasi. Muz yormoq.
-
Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizgʻin qum kechib obdan pishgan bizning yigitni ham kun xiyla betoqat qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ufqqa tutash muz qatlamlarini tilimlab, atom muzyorar kemasi suzib borayotir. Gazetadan
2. Muz kabi sovuq.
-
Uning boshiga muz yugurib, asablari tirishdi. Gʻulom, Mashʼal
-
Yoʻlchi qotgan korni gʻarch-gʻurch bosib, toza, muz havoni qamrab, keza boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma s. t. Juda sovuq, yoqimsiz narsa, odam va shu kabilar haqida.
-
Suhbat muz boʻlib ketdi. Mehmonlar ichkilikka zoʻr berishdi. S. Ahmad, Gugurt
4. ot Sovuq.
-
ellikka yaqin kishi besh-oʻntadan navbat bilan kirib-chiqquncha, oyogʻimdan muz oʻtib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
muz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Muz davri
Muz koʻchdi
-
Muz koʻchdi, oʻrtoq Safarov, oʻrta dehqon qimirlab qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
MUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar