narsa
bilan ulashing
1. Har qanday moddiy mavjudot; predmet.
-
Yoʻldoshning koʻzi komissarning toʻshidagi tangadek qora narsaga tushdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Xotinning berib ketgan narsasi uch-toʻrt buklangan bir qogʻoz edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Hayot, tirikchilik uchun zarur har qanday ashyo, buyum, mahsulot.
-
Osh — yaxshi narsa.
-
Mana sizda narsa bor ekan, sotibsiz, bizda bir parcha yerdan boshqa koʻzga ilinarli hech narsa yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Charos koridorda teskari qarab turar, qoʻlida gazetaga oʻralgan patnisga oʻxshash narsa bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Umuman, har qanday hodisa (gap, soʻz, oʻyin, kulgi, ish, voqea, hodisa va shu kabilar).
-
Barot polvon dunyoda ikki narsani yaxshi koʻrar edi. Birinchisi — kurash, ikkinchisi — ashula. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o
-
Begimxon xatni qayta-qayta oʻqidi. Goʻyo xatda hamma narsa yozilgan. I. Rahim, Chin muhabbat
4. s.t. Odam va umuman jonli mavjudot yoki ularning sifatini bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻllanib, ularning shu soʻzlar ifodalagan toifaga mansubligini ifodalaydi.
-
Sen yosh narsa, qolaver, men ketay, ertaga azon bilan kolxozga chiqib ketaman. Oydin, Fonar tagida
-
Oʻris amaldorga tegajaklik qilishni unga kim qoʻyibdi? Kambagʻal narsa chorigʻini sudrab, tinch yursa boʻlmasmidi?! Oybek, Tanlangan asarlar
narsa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir narsa
-
Kumushbibi xomush edi. Bir narsa toʻgʻrisida oʻylarmidi yoki bosh ogʻrigʻi kuchlimidi, har holda, namozshomgul kabi yopiq edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Bir narsa boʻldimi?
-
Sizga bir narsa boʻldimi?
Hech narsa emas
-
Unga qaraganda bu hech narsa emas;
-
Bu menga hech narsa emas.
NARSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАРСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
narsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar