naryad
bilan ulashing
1. Biror ishni bajarish uchun beriladigan yozma yoki ogʻzaki farmoyish yoki buyruq.
-
Naryad yozib bermoq. Naryadga muvofiq haq toʻlamoq.
2. Biror narsa olish yoki topshirish uchun yozib berilgan hujjat.
-
Skladdan naryad bilan mol olmoq.
-
Polvon otam bilan ikkovimiz kolxoz doʻkoniga naryadi yoʻq uch mashina qovun oshirgan emishmiz, tuhmat. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. harb. Harbiy xizmatchilar bajaradigan yoki bajarayotgan topshiriq, vazifa.
-
Naryadda turmoq.
-
Intizomsiz jangchiga, intizomni buzgani uchun, navbatdan tashqari ikki naryad berish kerak boʻladi. N. Safarov, Olovli izlar
-
— Naryaddagilardan boshqalarga dam berilsin, — dedi Yuryev, tepalik garnizonini aylanib chiqqandan keyin. I. Rahim, Chin muhabbat.
4. harb. Maxsus xizmat vazifalarini bajaruvchi yoki bajarayotgan harbiy xizmatchilar guruhi.
-
Soqchilar naryadi,
-
Parovoz tumshugʻiga ikkita pulemyot oʻrnatib, sakkiz kishilik naryad yuborildi. I. Rahim, Chin muhabbat
NARYAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАРЯД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
naryad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar