oshyon
bilan ulashing
1. 1 Qush uyasi; in.
-
Qushlar oshyonidan uchib ketmishlar, Kech kuzak haybati soya solganda. A. Sher, Qadimgi kuy
-
Chegara bilmagan ozod qaldirgʻoch Oshyon topadi boʻgʻotimizda. Gʻ, Gʻulom
2. Hovli-joy, boshpana.
-
Men u taraflarda hovli-joy yoʻq boʻlsa kerak, deb xayol qilgan edim, yoʻq, qishloq ahli biz ketgan soylikning ikki labini oshyon tutgan ekan. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Vatan degan chogʻda oddiy oshyon — Oʻlan toʻshagini anglaganlar moʻl. A. Oripov, Yillar armoni
3. koʻchma Makon, egallangan joy.
-
Lola deganimizda, qir-adirlar malikasi, laʼl bisotli gullar oshyonini koʻz oldimizga keltiramiz. Gazetadan
-
[Bulut] Shamol qanotida yoʻl oldi xushnud Oshyonidan uzoq-uzoq tomonga. A. Oripov, Yillar armoni
OSHYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОШЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OSHYON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OSHYON so‘ziga berilgan ma’nolar
oshyon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
oshyon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar