o‘yinchi
bilan ulashing
1. Oʻyinga tushuvchi, oʻynayotgan, yaxshi oʻynaydigan.
-
Oʻyinchi yigit chetga chiqishi bilan kipriklariga surma qoʻygan yoʻgʻon bir juvon oʻrtaga chiqib, yoʻrgʻalay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yoshgina boʻlsa ham, shoʻx, oʻyinchi qiz ekan-da. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
2. Raqsga tushuvchi shaxs; raqqos yoki raqqosa.
-
Shoʻx yigitlar oʻyinchiga xushomad qilar, qiyqirishar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Majlisning shoirlari, oʻyinchilari, childirmachi va dutorchilari — barchasi ham ho-zir boʻlib, Kumushbibigina hammomdan qaytmagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yusufjon aka Fargʻona vodiysining eng oʻtkir oʻyinchi ustozlaridan koʻp raqslarni oʻrgangan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. koʻchma Yaxshi oʻynaydigan (
-
Yana qanday deng, eng oʻyinchi, serparvoz kaptarlarimdan ajraldim. A. Qodiriy, Obid ket-mon
4. Futbol, shaxmat kabi oʻyinlarda ishtirok etuvchi; sport musobaqasidagi biror jamoa aʼzosi.
-
Paxtakor oʻyinchilari. Usta oʻyinchi. Oʻyinchilar hujumga oʻtishdi.
O‘YINCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙИНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘yinchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar