payrov
bilan ulashing
1. Ketma-ket keluvchi, ergashuvchi, izdosh.
-
Yozga payrov kuz edi, qishga ham bahor. Uygʻun
2. Suv oqimi, yoʻnalishi.
-
Qorabuloq kambagʻallari ming azob-u uqubat bilan togʻdan ungur qazib chiqargan suv payrovi lapanglab oqayotgan anhor boʻyida mashina korpusining baland qaddi koʻrindi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
3. Askiya uchun tanlab olingan, askiyachilar birin-ketin davom ettiradigan maʼlum mavzu; askiyaning ijro uslubi.
-
Ashula payrovi. Payrov qilmoq. Payrovdan chiqmoq.
-
Xum ichida koʻpirgan boʻza, Til qichitar askiya, payrov! M. Ali, Boqiy dunyo
-
Boshqa bir gal askiyalar ustidan chiqib, eski-yangi payrovlarda taraflashamiz. A. Isroilov, Biz dunyo odamlari
-
Shodon askiyalar, payrov va taqlid — Davrani porlatar misoli chiroq. A. Isroilov, Biz dunyo odamlari
4. Gap yoki suhbatdan kelib chiqadigan maʼno; gapning maqsadi; xulosa.
-
Gapning payrovini kutmoq.
-
Bu [Aliqul] gapning payrovini keltirib, ancha eshdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
PAYROV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙРОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
payrov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar