paytava
bilan ulashing
Qoʻnjli poyabzal kiyilganda, oyoqqa oʻraladigan mato.
-
Uning bir poy botinkasi titilib ketgan, ichidagi paytavasi osilib, yurishga xalaqit berardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Toʻraqulning oyogʻi muzlab qolayotganday edi. Nam paytavadan oʻtib, sovuq ignaday sanchilardi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Sanobarxon oyogʻiga paytava oʻrab, mahsisini kiydi. S. Zunnunova, Gulxan
paytava soʻzi qatnashgan jumlalar:
Paytavasiga qurt tushdi
-
Gʻayratning yoʻqligi ertalab maʼlum boʻldi. Hamma tashvishga tushdi. Ayniqsa, oʻqituvchilarning paytavasiga qurt tushdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Hudaychi joʻnagach, qoʻrgʻonbegining paytavasiga qurt tushib, tipirchilab qoldi va u yoqdan bu yoqqa yugura boshladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Pataki-paytava
-
Yoʻq yerdagi doʻstlaring birdan ostonangda paydo boʻlib, senga pataki-paytava boʻlishadi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
[Uzunsoyliklar] Mansabing boʻlsa, senga pataki-paytava boʻladi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
PAYTAVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙТАВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PAYTAVA so‘ziga berilgan ma’nolar
paytava so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
paytava so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing