payraha
bilan ulashing
1. Yogʻoch-taxta chopilganda, randalanganda hosil boʻladigan chiqindi.
-
Usta Maqsud [oʻtinlar] sal ogʻirroq kelsa, oʻzining oʻroq randasida shir etib yoʻnib olib, chiqqan payrahani siylov qilib berishga olib qolardi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Nazar ota payrahalarga koʻmilib, poytesha chopayotgan usta Shoqosim bilan gaplashib turgan ekan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. Yupqa kesilgan (non, yaxna goʻsht, pishloq va shu kabilar); yaproq.
-
Bir payraha qazi.
Loygarchilikda, qorda odamlar yuraverib hosil qilgan yoʻl, soʻqmoq.
-
Shunday paytlarda MTS hovlisi ham qish libosini kiyar, ustaxona yoki sexdan boshqa bir joyga bormoqchi boʻlsangiz, devor tagidan payraha yoʻlkadan yurishga toʻgʻri kelardi. S. Mahkamov, Dala tongi
PAYRAHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙРАҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
payraha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar