payt
bilan ulashing
1. Biror ish, voqea-hodisa sodir boʻlgan yoki boʻladigan vaqt, fursat, on.
-
Tush payti. Uq otilgan payt.
-
Tongotar paytida Azizxon Qoʻshariq guzariga yetib keldi. S. Ahmad, Ufq
-
Choy paytida Maqsuda onasiga koʻnglini bir oz ochishga jurʼat qildi. S. Zunnunova, Olov
2. Muayyan sharoit bilan bogʻliq boʻlgan davr, zamon.
-
[Zargarov:] Jonim. Payt nozik, xotin-qizlar masalasi chirsillab turibdi — bekorga nobud boʻlib ketaman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Yana jazo otryadining koʻziga qon toʻlib, kimga tegishini bilmay turgan nozik paytda bir kor-hol boʻlmasin deyman. Tagʻin oʻzingiz bilasiz K. Yashin, Hamza
3. Biror ishni amalga oshirish uchun qulay vaqt, fursat, imkoniyat.
-
Payt topmoq. Paytni qoʻldan bermoq. Payt kelganda aytmoq.
-
Men payt poylab qochishni moʻljallab borardim. H. Ahmar, Kim haq?
-
Oʻzi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib oʻynay olarmikan! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
payt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Payt ravishi
Payt ergash gap
-
Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti. A. Qahhor, Asarlar
Payt holi
-
Haydar ota bir kuni Ultarmaga borib, tegirmondan xabar oldi. A. Qahhor, Asror bobo
PAYT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
payt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar