payvand
bilan ulashing
1. Biror oʻsimlikning novda yoki kurtagini boshqa oʻsimlik tanasiga oʻtqazish, ulash usuli va shu usulda ulab oʻstirilgan oʻsimlik.
-
Iskana payvand. Kurtak payvand. Qalamcha payvand.
-
Olimlarimizning bergan maʼlumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. Gazetadan
2. tex. Metall boʻlaklarini eritib yoki parchinlab, bir-biriga yopishtirish, birik-tirish va shu usulda hosil qilingan chok.
-
Elektr payvand.
-
Nasos stansiyasi korpusining yoʻgʻon poʻlat armaturalarini payvand qilish boshlandi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. maxs. Ulangan boʻlak, uloq.
-
Shogird bola lab-lunjini osiltirib endi payvand tikishga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. sft. koʻchma Oʻzaro bogʻlangan, payvasta.
-
Kuyga kuylar boʻlarmidi band, Dillar dilga boʻlmasa payvand. G. Joʻrayeva, Mening marjonlarim
-
Koʻngil yayrab ketar, orom olar jon. Gullar manzarasi sevinchga payvand. Mirtemir, Asarlar
-
Navoiyning dili bilan xalqning dili hamisha payvanddir. Oybek, Navoiy
PAYVAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙВАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
payvand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar