Izoh.uz saytida qo‘l so‘zining izohi va ma’nolari

qo‘l

ot

1. Odamning barmoq uchlaridan yelkasigacha boʻlgan qismi, aʼzosi.

  1. Baquvvat qoʻllar. Qoʻlni oldinga choʻzmoq. Ikki qoʻlni yuqori koʻtarmoq. Qoʻl kuchi. Bosh qashigani ham qoʻlim tegmaydi.

  2. Yoʻlchi ikkinchi qoʻli bilan Qora Ahmadning bir qoʻlini orqaga qayirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Shu aʼzoning bilakdan barmoqlar uchigacha boʻlgan qismi; panja.

  1. Qoʻl bilan silamoq. Qoʻl bilan ushlamoq.

  2. Yoʻldosh orqadan asta kelib, Elmurodning koʻzini ikki qoʻli bilan bekitdi. Shuhrat, Shinelli yillar

  3. Qozi domla qoʻllarini yuvib turib, dasturxonga koʻz yugurtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

3. Ish-mehnat bajaruvchi aʼzo (vosita) sifatida.

  1. Qoʻlim band,

  2. Men bu mol-dunyoni, yer-suvni qoʻlim bilan topgan emasman, aqlim bilan topganman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Otabek bilan birga Tashkent tushib, oʻz qoʻllari bilan toʻyimizni oʻtkazishingizga ishonib Yusufbek hoji. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. s. t. Hayvonlarning oldingi oyoqlari.

  1. Qoʻyning qoʻli va soni. Qoʻl goʻshti.

5. s. t. Barmoq.

  1. Oʻrta qoʻl. Besh qoʻl baravar emas. Maqol

6. Har kimning oʻziga xos yozuv usuli, uslubi, yozuvi, xati va uning ifodasi.

  1. Qutidor qizining maqsadiga tushunib, ikki turli qoʻlni darrov payqab oldi: — Vijdonsiz, iblis, — deb qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. [Nizomiddinov:] Xat bilmaydigan ogʻzaki guvohlar ham bor, yozib beray desam, hamma arizalar bir odamning qoʻli bilan yozilgan, degan shubha boʻlmasin. S. Ahmad, Hukm

7. Imzo.

  1. Dalolatnomaga qoʻl qoʻymoq. Shartnomaga qoʻl qoʻymoq.

  2. Xoʻjabekov — rais, Saidgʻozi bir kichkina odam Barcha hujjatlarda Xoʻjabekovning qoʻli. S. Anorboyev, Oqsoy

  3. Omborchi: — Boʻta qoʻl qoʻymagan qogʻozni qogʻoz demayman, — deb katta ketvordi. S. Ahmad, Hukm

8. Har kimning oʻziga xos ish usuli, uslubi, ishi, xatti-harakati; shuni aks ettiruvchi ifoda.

  1. Hovlini oʻrab turgan devorlar ham yangidan urilgan, ichkarisidan hammasi ganch bilan suvalgan. Hamma yoqda aka-sining qoʻli koʻrinadi. H. Ahmar, Kim haq?

9. Imkon, imkoniyat.

10. (3-sh. egalik hamda j.k. va oʻ.-p. k. shaklida koʻm. vaz.: qoʻliga, qoʻlida) Ixtiyoriga, izmiga; ixtiyorida, izmida.

  1. Kishi hurmati oʻz qoʻlida. Maqol

  2. [Kumush] Bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynab qoʻliga topshirib qoʻyishni yana muvofiq koʻchmas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Agarda xon koʻtarish mening qoʻlimda boʻlsa edi, xon qilib Otabekni koʻtarar edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

qo‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qoʻli tegmaydi

Biror ishni bajarishga vaqti yoʻq; qoʻli band, ish bilan band.

Ikki qoʻlini burniga suqib (yoki tiqib)

Qayoqqa qoʻl uzatsa yetadi

Imkoniyatga ega, imkoniyati katta.

Qoʻli baland

ayn. Qoʻli uzun.

Qoʻli kalta (yoki qisqa)

Imkoniyati kam, cheklangan, qurbi yetmaydigan.
  1. [Dadajon aka:] Oʻylab qarasam, doʻppi tor ekan. Kattaroq toʻy qilishga qoʻlimiz kalta ekan. I. Rahim, Ixlos

Qoʻli uzun

Har qanday narsaga yetishish, erishish imkoni bor, shunday qudratga ega.
  1. Uning qoʻli uzun edi, davlatning bir qismini dadasidan, ukasidan yashirin ishlatib, xolis oʻziga qarashli katta bir boylik orttirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Qoʻlidan keladi

Biror ishni amalga oshirish uchun imkoniyati, huquqi bor, kuch-quvvati yetadi, biror ishni qila, bajara oladi.
  1. U [Nuri] juda dadil va ayyor qiz. Uning qoʻlidan har qanday ish keladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Besh qoʻlini ogʻziga urmoq (yoki tiqmoq)

Gah desa (yoki deganda) qoʻlga qoʻnadigan qilib olmoq

Yolgʻiz (yoki yakka) qoʻl

Koʻngliga (yoki yuragiga, koʻksiga, qoʻltigʻiga, qoʻyniga) qoʻl solib koʻrmoq

Birovning fikri yoki ichki sirini bilish maqsadida turli gaplar aytmoq, shu maqsadda gapga solmoq.
  1. Oʻktam toʻy-hasham toʻgʻrisida soʻz ochib, qizning koʻngliga qoʻl solmoqchi boʻldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

Oyogʻi olti(ta), qoʻli yetti(ta)

Oyogʻini qoʻlga olib

Chap (yoki soʻl) qoʻl

Chap tomon; chap, soʻl.
  1. Chap qoʻlga yurmoq. Chap qoʻldagi koʻcha.

Oʻng qoʻl

1. Oʻng tomon; oʻng.
  1. Oʻng qoʻlga burilmoq. Oʻng qoʻldagi uy. Oʻng qoʻldan mashina kelib qoldi.

  2. — Qayoqqa yuramiz, — dedi Sidiqjon qayrilib, uning koʻziga qarab. — Oʻng qoʻlga, — dedi xotin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Eng yaqin, ishonchli yordamchi.
  1. Bu kishi Azizbekning amiri lashkari va oʻng qoʻli boʻlgan Rayimbek dodxoh edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Qoʻl bermoq

Birovga ixlos qoʻymoq, uni pir deb tanimoq.
  1. Bir kun Margʻilondan bir eshon keldi. Boyimiz oʻsha kishiga qoʻl bergan ekan, yaʼni oʻsha kishining muridi ekan. I. Rahim, Ixlos

Qoʻl kelmoq

Qulay, mos, koʻngildagidek boʻlib tushmoq.
  1. Yerni begona oʻtlardan tozalashda qoʻl keladigan asbob.

  2. Dalabop qattiq trinkadan besh-olti metr olaman. Ularga judayam qoʻl keladi. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi

Qoʻl koʻtarmoq

1. Rozilik, xohish yoki ovoz berish ishorasi sifatida qoʻlini yuqoriga koʻtarmoq.
  1. Kimda-kim Nuʼmon hoji Qalandarov bu yerdan badargʻa qilinsin desa, qoʻlini koʻtarsin. Hamma baravar qoʻl koʻtardi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Taslim boʻlmoq.
  1. Qurshovga olingan dushman qismlari qarshilikni toʻxtatib, qoʻl koʻtardilar;

3. koʻchma Birovni urish, zarba berish uchun xezlanmoq.
  1. Nega sohibkorga qoʻl koʻtarding? Kuchingni qayerga qoʻyishni bilmayapsanmi? J. Sharipov, Xorazm

Qoʻl siltamoq

Qoʻl tegizmoq (yoki urmoq)

1. Faqat boʻlishsiz shaklda: qoʻl tegizmaslik Hatto isteʼmol uchun olmaslik.
  1. Ovqatga hech kim qoʻl urmadi;

2. Biror ishga kirishmoq, tutinmoq, urinmoq.
  1. U [Muxammad] qaysi ishga qoʻl ursa, uni uddalay olar edi. M. Osim, Sehrli soʻz

Qoʻl uchida yoki qoʻl uchi bilan

1. Astoydil emas, istar-istamas; shunchaki, yuzaki.
  1. Doktor uni qoʻl uchidagina koʻrdi, dori bermadi, tayinli bir gap ham aytmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  2. U [Xolmat] Toʻraxonovdan haqiqiy yordam kutgan Faqat balandparvoz soʻzlar eshitdi va [toʻgʻonni] pala-partish, qoʻl uchida qurishga daʼvat qilindi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin

2. Qiyinchilik bilan, zoʻrgʻa, arang.
  1. Bu qanday gap axir, oʻzim qoʻl uchida tirikchilik qilaman-u, sening uchun shu kunimdan ham ayrilaymi? H. Shams, Oqpadar

Qoʻl yuvmoq

ayn. Qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa tiqmoq (yoki urmoq).

Qoʻlga olmoq

1. Pora berish, aldash va shu kabilar yoʻllar bilan oʻziga moyil qilmoq.
  1. Xumparning ogʻzi-burnini moylab, qoʻlga olib boʻlmasmikin? P. Tursun, Oʻqituvchi

2. Ushlab, tutib olmoq, asir olmoq, bandi qilmoq, qamamoq.
  1. Muxtorxonni Afgʻoniston chegarasida qoʻlga olibdilar. A. Qahhor, Sarob

Qoʻlga tushmoq

1. Aybi, jinoiy ishi oshkor boʻlib tutilmoq.
  1. Gap tarqadi: birov tilmoch Hokim toʻraning xotini bilan qoʻlga tushib qopti, desa, yana birov tilmoch Hokim toʻraning qorovuli bilan qoʻlga tushib qopti, deyar edi. S. Ahmad, Hukm

2. Firib yemoq.
  1. Qoʻlga tushibsan, seni rosa laqillatishibdi.

Qoʻli bormaydi

Istagi, xohishi yoʻq; hafsalasi yoʻq.
  1. Tutni kesishga qoʻlim bormayapti.

  2. Mol ketdi — jon ketdi, ishga ham qoʻlim bormaydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Qoʻli ochiq yoki ochiq qoʻl

Hech narsani ayamaydigan, saxiy.
  1. Qoʻli ochiqning yoʻli ochiq. Maqol

Qoʻli egri

Oʻgʻri.

Qoʻli yupqa

Kambagʻal, qashshoq.
  1. Oʻsha kunlari Malohat aya yashayotgan qishloqdan yetmish chaqirim narida qoʻli yupqaroq bir kishining xonadoniga olov tutashib yonib ketibdi. Gazetadan

Qoʻli qichidi

Qoʻli koʻliga tegmaslik

Nihoyatda tez, chaqqon harakat qilmoq, tez ishlamoq.

Qoʻlini sovuq suvga urmaydi

Hech ish qilmaydi.
  1. Nusratilla roʻzgʻorda qoʻlini sovuq suvga urmaydi. A. Muxtor, Opa-singillar

Qoʻlni bigiz qilmoq

ayn. Barmoqni bigiz qilmoq.

Qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa tiqmoq (yoki urmoq)

Biror narsadan hafsalasi pir boʻlib, ixlosi qaytib, uni tark etmoq, undan yuz oʻgirmoq, voz kechmoq, qaytmoq.
  1. Baʼzilari gʻayratlari bekorga ketayotganini koʻrib, qoʻllarini yuvib, qoʻltiqqa urdilar. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi

Qoʻlni qoʻlga bermoq

Biror sohada bahamjihat boʻlmoq, oʻzaro birlashmoq.
  1. Qoʻlni qoʻlga berib ishlamoq.

  2. Qadrdon dalalar, mehnat tongida Qoʻlni qoʻlga berar ikki baxtli yosh. Gʻayratiy

Harom qoʻl

Birovning haqidan hazar qilmaydigan, nopok (odam haqida).
  1. Qayerdaki harom qoʻl bor, u yerda barakat yoʻq. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar


QO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
5026
So‘zning teskari yozilishi
l‘oq
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
89

qo‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qo‘l so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qo‘l so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+