qulluq
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili 1 Minnatdorlik ifoda-lovchi soʻz; rahmat, minnatdorman.
-
Yordamingiz uchun ming marta qulluq.
-
— Qoʻrqmang, hoji! Qoʻqonga borgach, birinchi ishim oʻgʻlingizni qutqarish boʻlsin. — Qulluq, qushbegi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. sheva Muborak, qutlugʻ.
-
Nafisa, oʻgʻil qulluq boʻlsin jonginam. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Elning katta-kichiklari qulluq boʻlsinga kelaberdi. Alpomish
-
[Hoji:] Orziqul uyida boʻlsa, qulluq boʻlsin qilib chiqay. A. Qahhor, Yillar
qulluq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qulluq qilmoq
-
Hasan ovchi darvozagacha qulluq qilib, orqasi bilan yurib bordi va posbonlar qarshisida oʻzini rostladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Dehqon shodlik bilan toʻla, qulluq qila-qila chiqdi. Oybek, Navoiy
QULLUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛЛУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qulluq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar