ruhiy
bilan ulashing
1. Kishining ruhiga, ruhiy kayfiyatiga, ichki kechinmalariga oid, ular bilan bogʻliq boʻlgan.
-
Ruhiy holat. Ruhiy koʻtarinkilik. Ruhiy ezilish.
-
Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zarbalarga chogʻlanib turadi. S. Ahmad, Ufq
-
Hafiza noumid uyga keldi. U soʻniq, kayfi past edi. Baʼzi qizlarga oʻxshab ichki ruhiy holatini yashira olmas — xafaligi darrov bilinib qolardi. Mirmuhsin, Umid
2. aynan Maʼnaviy 1.
-
Ruhiy oziq.
-
Allalarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga boʻlgan muhabbati, orzu-oʻylari aks etadi. Saodat
-
Unda atrofimizda boʻlayotgan ekologiya halokati emas, balki ruhiy olamning halokati aks ettirilgan. Mushtum
-
[Sunnatillo maxsum Shukrulloga:] Sen ularga ruhiy oziq berasan, men moddiy tomondan suyayman. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
ruhiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ruhiy yengillik (yoki tetiklik)
-
Kasaldan turgan har qanday odamda boʻladigan allanechuk bir ruhiy yengillik uning ham qalbiga quvonch toʻldirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kechagi baxtiyor damlarini eslashning oʻziyoq Yodgorga baland bir ruhiy tetiklik bergan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ruhiy kasalliklar
RUHIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РУҲИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ruhiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar