sabza
bilan ulashing
1. Yam-yashil barra oʻt, maysa.
-
Bahor, har yon yozilgan sabza. Ohularda shoʻxlik va gʻamza. Gʻayratiy
-
Oftob hijronida tong sabzalarga qoʻndi nam, Oʻylakim, kipriklarimni egdi tong giryon yuki. E. Vohidov, Muhabbat
-
Orom olur qir sabzalari, Uxlar Boʻta, uxlaydi Oyxon. Mirtemir, Asarlar
2. Yashil, zumradrang.
-
Sabza oʻt.
-
Dov-daraxt, gul-u gulzorlar, sabza rayhonlar ham-ma yoqni oʻrab olgan. Gazetadan
-
Yoritgancha to yurak ichin Sabza oʻtlar shabnamga qonar. X. Davron.
-
Navbahor, ochildi gullar, sabza boʻldi bogʻlar. Muqimiy
3. Oq kishmishdan soyada quritilgan och koʻkish mayiz; soyaki mayiz.
sabza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sabza urmoq
-
U [Temirjon] endi ulgʻaygan, moʻylovi sabza urib, yigitcha boʻlib qolgan. J. Abdullaxonov, Oriyat
SABZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SABZA so‘ziga berilgan ma’nolar
sabza so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sabza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar