salqin
bilan ulashing
1. Ilikdan pastroq orombaxsh havo harorati.
-
Bugun havo salqin.
-
Tun salqinini nogoh his etib, U uygʻonib ketdi tong oldi. X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Quduq tubidan urayotgan salqin xush yoqib, Otamurod birpas oʻtirgan boʻldi. M. Mansurov, Yombi
2. Serdaraxt, sersoya, quyosh nuri tushmaydigan, tevarak-atrofga nisbatan sovuqroq joy.
-
Salqin joy.
-
Kun qiziy boshlagach, Avaz eshikka sardoʻz bogʻlab, Polvonyop boʻyidagi oʻsha salqin oromxonaga ravona boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Ikki chetiga sarvlar va shamshodlar ekilgan salqin xiyobonlar-da hech kimsa koʻrinmaydi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
salqin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Salqin tushmoq
-
Bozorov izvoshga oʻtirib, dalaga joʻnadi. Dashtga kechki salqin tushib qolgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
SALQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar