salt
bilan ulashing
1. Aravaga qoʻshilmagan; yaydoq.
-
Salt ot. Salt ot mingan kishi,
-
Izma-iz kelayotib, Yoʻlbars vovulladi. Ota orqasiga qayrilib qarasa, salt otliqqa koʻzi tushdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Yuksiz, beyuk, yengil-yelpi.
-
Qaytishda charchagan oriq otlarda, ustilaridagi odamlarni koʻtarish nari tursin, salt holda qadam bosish uchun ham kuch topilmasdi. S. Ayniy, Qullar
-
Qarang, salt sovliqlar ildam ketib, shirali oʻtlarni yeb tinchitishyapti. Yoshlik
3. tex. Nagruzkasiz, topshiriqsiz, bekorga, behudaga qilingan (harakat).
-
Dvigatelning salt yurishi.
-
Bexosdan lenta uzilib qolsa, gʻaltak salt aylanadi. M. Joʻra, Quyoshdan nur emganlar
SALT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar