sarjin
bilan ulashing
1. Uch gazga (arshinga) teng uzunlik oʻlchovi (2,13 ga teng).
-
Ikki sarjin devor.
-
Yigitali bundoq qarasa, hozir koʻprikning oʻsha yerida turgan ekan. Oʻn-oʻn besh sarjincha pastda hayqirib suv oqmoqda. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Boʻyi uch gaz, balandligi bir yarim gaz qilib maʼlum tartibda terilgan palyon oʻtin; shu miqdordagi palyon oʻtin oʻlchovi.
-
Oʻrmonjon Abdusamad qori bilan til biriktirib, ikki yuz yigirma besh sarjin oʻtin sotgan va pulini ikkovi boʻlishib olgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. so‘zlashuv tili Arralab, yorib tayyorlangan oʻtin.
-
Nurillo bir quchoq sarjinni oʻchoq oldiga taraqlatib tashladi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Temir pechkada tol sarjini chirsillab yonar edi. H. Gʻulom, Senga intilaman
SARJIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРЖИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sarjin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar