shirkat
bilan ulashing
1. Maʼlum ishni birga amalga oshirish maqsadida birlashgan kishilar hamkorligi, oʻrtoqlik uyushmasi, ixtiyoriy birlashmasi.
-
Ular yer, suv, ot-ulov, omoch-boʻyinturugʻini bir yerga toʻplab, katta shirkat tuzishdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Zum oʻtmay: Hamma shirkat idorasiga borsin, Oxunboboyev vaʼz aytadi, deb xabar qilishdi. R. Rahmonov, Izida gul ungan
2. Teng huquqli ishtirokchilardan tashkil topgan sanoat yoki savdo uyushmasi.
-
Paychilik shirkati.
-
Abdullaning otasi Aziz aka kerosinfurush edi. Ot-arava bilan koʻchama-koʻcha yurib, Nobel shirkatining kerosinini sotar edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
U [Mirzo] Nikolay zamonasida shirkatlarda, firmalarda mirzolik qilib, oʻz xizmatini manzur qilgan edi. A. Qahhor, Mirzo
SHIRKAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИРКАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shirkat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar